Prezident qaroriga ko‘ra, 2030-yilga borib davlat idoralari rahbariyatining kamida 30 foizi ayollardan iborat bo‘lishi kerak. Shuningdek, kiyim-kechak ishlab chiqaruvchi ayol tadbirkorlarning ijara haqi qisman qoplanadi, xotin-qizlar tomonidan yetishtiriladigan mahsulotlar bo‘yicha fyuchers shartnomalari tuziladi.
25-noyabr — Ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni. Ayollarga nisbatan zo‘ravonlik — ko‘hna va katta muammo. Millat og‘riqlari haqidagi mulohazalari asr oshsa hamki o‘z dolzarbligini yo‘qotmayotgan o‘zbek ma’rifatparvarlari messenjerlari zamonida bu mavzuni qanday muhokama qilgan bo‘lardi?
O‘rni kelsa prezidentlarni-da tanqid qilishdan toymagan, haqiqatparast va o‘ta sinchkov sudya sifatida tarixda qolgan Ginzburg xonimdan amerikalik ayollarning ko‘pi minnatdor. Chunki u boshlagan, qat’iy kurashgan muammolar nafaqat taqdirlarni o‘zgartirdi, ayolning jamiyatdagi o‘rnini ham uzil-kesil aniqladi.
O‘zbekiston Adliya vazirligi qonunchilikda ayollarga qanday imtiyoz va yengilliklar ko‘rsatib o‘tilgani bo‘yicha ma’lumot berdi.
Afg‘onistonning Tolibon hukumati ayollardan jamoat joylarida hijob o‘rab yurishni talab qilmoqda. Mazkur tartibga bo‘ysunmagan ayollar davlat ishlaridan bo‘shatiladi. 2001 yilgacha toliblar hukmronligi davrida ham hijob majburiy edi.
Afg‘oniston hukumati haydovchilarga mashinada musiqa yoqmaslik, shuningdek, ayollarni hijobsiz olib yurmaslik haqida yozma ko‘rsatma berdi. Bundan tashqari, ayollarni uzoq masofaga hamrohsiz olib yurish ham taqiqlanadi.
Britaniyadagi afg‘on diasporasi vakilasi Anjela G‘ayur Instagram`da afg‘on ayollari uchun Hirot onlayn maktabiga asos soldi. Maktab hozirda 400 dan ortiq ko‘ngilli muallimlarni jalb qilish va 1000 ga yaqin o‘quvchini qamrab olishga erishgan.
“Gazeta.uz” O‘zbekistonning turli hududlaridan Toshkentga kelib o‘qiyotgan va turli sohalarda faoliyat olib borayotgan hamda jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lib borayotgan qizlar bilan suhbatning 2-qismini havola qiladi. Qizlar poytaxtdagi qiyinchiliklar, o‘z yo‘llarini topishdagi ikkilanishlar va jamiyatda xotin-qizlarga bo‘lgan munosabatlar haqida so‘zlab berishdi.
«Gazeta.uz» O‘zbekistonning turli hududlaridan Toshkentga kelib o‘qiyotgan va turli sohalarda faoliyat olib borayotgan hamda jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lib borayotgan qizlar bilan suhbat uyushtirdi. Ular qanday maqsad bilan poytaxtga kelganligi, jamiyatda ayollar va qizlarga bo‘lgan munosabat, atrofdagi stereotiplar hamda tengdoshlari va yosh qizlarga qanday maslahatlar berishlari haqida so‘zlab berishdi.
O‘zbekistonda xotin-qizlarning ilm-fan, texnologiya, injiniring va matematika (STEM) sohalarida ishtiroki pastligicha qolmoqda. Ish haqi kam bo‘lgan ijtimoiy sohalarda ayollar ko‘proq faoliyat yuritadi, erkaklar ko‘proq maoshli texnik sohalarda ishlaydilar. Buning sabablari va yechimlari to‘g‘risida BMT Taraqqiyot Dasturi va Mahalla vazirligining tadqiqotida.
Demokratiya va inson huquqlari instituti direktori Sayyora Xodjayeva «Gazeta.uz»ga bergan intervyusida nima uchun oiladagi zo‘ravonlik holatlari sudgacha yetib bormasligi, ayollar uchun siyosat va biznesda kvotalar nima uchun zarurligi, nega Xotin-qizlar qo‘mitasi o‘z vazifalarini yangi Mahalla vazirligiga topshirmasdan, Ayollar ishlari bo‘yicha vazirlikka aylanishi lozimligi haqida gapirib berdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting